“Padarkush” - Mahmudxo‘ja Behbudiy (+video)
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi o‘zbek dramachiligining hamma yakdil e’tirof etgan birinchi namunasidir.Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmunga ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotini boshlab bergan asar sifatida baholaydi. Muallif “Milliy fojia” deb atagan 3 parda 4 manzarali bu drama hajman ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va jo‘n.
Asar o‘qimagan bolaning buzuq yo‘llarga kirib o‘z otasining o‘ldirgani, nodonlik va jaholat haqida.
“Padarkush” dastlab Samarqandda 1914 yilning 15 yanvarida sahnaga qo‘yilgan. Spektakl o‘z maishatiga o‘ralib, dunyoni unutgan millatdoshlarga chaqmoqdek ta’sir etdi.
U Toshkentda 1914 yilning 27 fevralda qo‘yilgan. Abdulla Avloniyning “Turon” gruppasi o‘z faoliyatini mana shu “Padarkush” bilan boshlagan. Spektakl boshlanishi oldidan Munavvarqori teatrning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida nutq so‘zlaydi. Bosh rolni Abdulla Avloniyning o‘zi ijro etadi. Mahalliy matbuot bu kunni “tarixiy kun” deb yozgan edi.
Bu o‘zbek xalqining madaniy hayotida ulkan voqea bo‘lgan, shu kuni o‘zbek milliy teatri dunyoga kelgan.
Batafsil
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-km0dd0yDkM" title="“Padarkush” - Mahmudxo`ja Behbudiy " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov, O‘zA