Direktor o‘rinbosari ishga qayta tiklandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining joriy yil 22 oktyabrdagi ijro hujjatida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanidagi 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozimidan asossiz ravishda bo‘shatilgan K.A.ni avvalgi lavozimiga ishga tiklash belgilangan.
Shunga qaramasdan, javobgar Ellikqal’a tumanidagi 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmagan. Shu sababli da’vogar Majburiy ijro byurosi Ellikqal’a tumani bo‘limiga sud qarori ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Byuroning Ellikqal’a tumani bo‘limi tomonidan ijro harakatiga kirishilib, javobgar tashkilot rahbariga sud qarori ijrosini ta’minlamaslik qonunda belgilangan javobgarlikka asos bo‘lishi haqida ogohlantirish berildi. Shuning natijasida da’vogar K.A. o‘zining avvalgi ish o‘rniga qayta tiklandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA