“Chig‘atoy gurungi” faoli — Saidali Usmonxo‘ja (+video)
"Chig‘atoy gurungi" – Turkiston jadidlari tomonidan tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy va ilmiy-adabiy tashkilot bo‘lib, Fitrat boshchiligida Toshkentda tuzilgan.
Fitrat sovet hokimiyatidan siyosiy tashkilot tuzish uchun ruxsat ololmagach, madaniy qurilishga xizmat qiladigan millatparvar tashkilot tuzishga intilgan. Turkiston ASSR milliy ishlar xalq komissarligi tomonidan "siyosatga aralashmaslik sharti bilan" "Chig‘atoy gurungi" tuzilishiga rasmiy ruxsat berilgan. Ushbu tashkilot nomlanishi XIII–XIV asrlarda mavjud bo‘lgan Chig‘atoy ulusi va XIV–XVI asrlarda eski o‘zbek tili ma’nosida qo‘llangan chig‘atoy tili kabi atama va istilohlar bilan bog‘liq.
"Chig‘atoy gurungi" turkiy xalqlar madaniyati, san’ati, adabiyoti, tarixi, til va imlosi kabi sohalarni jiddiy o‘rganishga kirishgan. "Gurung" a’zolari o‘zbek tilining sofligi uchun kurashish bilan bir qatorda yangi o‘zbek milliy madaniyatini barpo etishga intilganlar.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida anu "Chig‘atoy gurungi" tashkiloti faollaridan biri Saidali Usmonxo‘ja haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Batafsil
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SO6sP8iOb7M" title="“Chig‘atoy gurungi” faoli — Saidali Usmonxo‘ja" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov, O‘zA