Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirbek Abdusattorov London turnirida angliyalik shaxmatchini mag‘lub etdi

Londondagi “Emirates Stadium”da o‘tayotgan "XTX Markets London Chess Classic" turnirining ortda qolgan 2-turida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov oq donalarda AQSH vakili Abximanyu Mishrani mag‘lubiyatga uchratib, ochkolarini 1,5 taga yetkazib oldi.

Kecha poyoniga yetgan mazkur turda shuningdek, Fransiya sharafini himoya qilayotgan Alireza Firuzja angliyalik Luke MakShane, gretsiyalik Nikolas Teodorou yana bir angliyalik Gaveyn Maroroa Jonsni mag‘lub etdi. Qolgan 2 ta juftlikdagi o‘yinlarda durang qayd etildi.

Bugun, 28 noyabr kuni "XTX Markets London Chess Classic" turnirining 3-turida mahoratli shaxmatchimiz qora donalarda Angliya bayrog‘i ostida musobaqada qatnashayotgan Nikita Vitiugov bilan kuch sinashadi.

3-tur o‘yinlari ostonasida Abdusattorov, Firuzja va Teodorou 1,5 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Musobaqa 5 dekabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA