-

Bugun islom olamining ko‘zga ko‘ringan https://www.islamicity.org/ yangiliklar saytida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Otabek Muhammadiyev va Malayziya xalqaro islom universiteti professori Shukran Abdurahmonning “O‘zbekiston: YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasida insonparvarlik markazi” nomli maqolasi e’lon qilindi.

Maqola mamlakatimizning xalqaro maydonda insoniylik, madaniy meros va global muloqot markazi sifatidagi nufuzini yana bir bor tasdiqladi. Uning chop etilishi Samarqandning,  umuman, O‘zbekistonning jahon intellektual xaritasida tutgan o‘rni yanada mustahkamlanayotganining muhim dalilidir.

Maqolda ta’kidlanganidek, Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining o‘tkazilishi – o‘ziga xos tarixiy voqea. Bu nafaqat xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistonga bildirgan ishonchi, balki mamlakatimiz olib borayotgan ochiqlik, ma’rifat va madaniy diplomatiya siyosatining amaliy samarasidir. YUNESKOning o‘zi insoniyat merosi bilan ishlaydigan tashkilot ekan, uning ana shu qadriyatlarga uyg‘un makon sifatida Samarqandni tanlagani bejiz emas.

Maqolada O‘zbekistonning ta’lim va ma’rifatni rivojlantirish, madaniy merosni asrash, inson huquqlari, ekologik barqarorlik, sun’iy intellekt etikasi kabi dolzarb yo‘nalishlardagi tashabbuslari alohida e’tirof etilgan. Ayniqsa, “ma’rifat orqali tinchlik” g‘oyasi, madaniyatlarni bog‘lovchi ko‘prik sifatidagi siyosiy-ijtimoiy yondashuv muhim nuqta sifatida qayd etilgan.

Bunda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy kabi buyuk allomalar merosining butun bashariyatga xizmat qiluvchi umuminsoniy g‘oyalar manbai ekani ham ta’kidlanadi. O‘zbekiston shu ma’naviy merosni zamonaviy global muloqot bilan uyg‘unlashtirayotgan mamlakat sifatida talqin etilgan.

Xulosada O‘zbekiston jadal sur’atlar bilan mintaqada ta’lim, madaniyat va ilm-fan markaziga aylanib borayotgani qayd qilinadi. Bu jarayon Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida bildirgan fikrlari bilan uzviy uyg‘un ekani ta’kidlanadi.

G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tiborga molik e’tirof