Stol tennisi: Andijon va Buxoro viloyati jamoalari shohsupada
19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi final bahslari har jihatdan qiziqarli kechdi.
Mahorat, texnik-taktik tayyorgarlik va raqobatni namoyish etish imkonini taqdim etgan final musobaqalarida respublikamizning turli hududlaridan saralangan eng iqtidorli yosh sportchilar ishtirok etdi.

Yangi O‘zbekiston sportining bo‘lajak yulduzlarini aniqlash vazifasini bajargan mamlakat birinchiligining bu galgi bahslari sarhisobiga ko‘ra, qizlar o‘rtasida Andijon viloyati jamoasi, o‘g‘il bolalar musobaqasida Buxoro viloyati vakillari yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

Qizlar musobaqasida umumjamoada Farg‘ona va Buxoro viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, o‘g‘il bolalar jamoalari bahsida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Namangan viloyati vakillari sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA