Hozirda yosh oilalarning baxt to‘yiga qizning qarindoshlari tomonidan to‘yga to‘yona deb bir dunyo mol-mulk berish odat tusiga aylangan.
Lekin turmushi o‘xshamagan yoshlar orasida ko‘zatilayotgan ajrimlardan so‘ng kuyov tomondan qelinga qo‘shib berilgan mol-mulklarni qaytarmaslik holatlari ham yo‘q emas. Bunday holatlarda kelinning sep mulklarini qaytarish masalasi sud tartibida hal etilib, Majburiy ijro byuro organlari tomonidan olib beriladi.
Masalan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman sudining joriy yilning 26 sentyabridagi ijro hujjatiga asosan, da’vogar J.X.ga javobgar E.B.dan uning yashash manzilida turgan 27 million so‘mdan ortiq 52 atamadagi sep mol-mulkni olib berish belgilangan. Ushbu hujjat asosida Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishildi.
Xususan, ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lim xodimlari tomonidan javobgarning yashash manziliga borildi. Ko‘rsatilgan qarshiliklarga qaramasdan 52 atamadagi barcha sep mol-mulk da’vogar J.X.ga olib berilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlangan.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri