So‘nggi yillarda tibbiyot sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, jumladan sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish yo‘nalishida katta ilgarilash kuzatilmoqda. Bu nafaqat tashxis va davolash sifatini oshirish, balki tibbiy xizmatlarni xalqqa yanada yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilda respublika tibbiyot markazlari faoliyatida 179 ta yangi tashxislash va 199 ta zamonaviy davolash usuli amaliyotga tatbiq etildi. Ular orasida jigar va buyrakning kam invaziv usuldagi transplantatsiyasi, yurak kardiomiotomiyalarida sun’iy chap qorincha (LVAD) o‘rnatish, umurtqa pog‘onasi disk churrasini olishning kam invaziv jarrohlik usuli, suyak ko‘migi transplantatsiyasi va epilepsiyada miyaga chip o‘rnatish amaliyoti kabi noyob jarayonlar bor.

Bu kabi ilg‘or texnologiyalar nafaqat murakkab kasalliklarni davolash imkonini oshirdi, balki operatsiyadan keyingi tiklanish jarayonini ham tezlashtirmoqda.

Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlarining hududiy filiallarida 379 turdagi noyob va murakkab operatsiyalar joriy etilgani aholi uchun katta qulaylik yaratdi. Buning natijasida ilgari faqat poytaxtda amalga oshirilgan ko‘plab amaliyotlar endi joylarda ham o‘tkazilayapti.

Shu tufayli joylardagi bemorlarning respublika markazlariga murojaatlari 80 foizdan qariyb 15 foizgacha kamaygan. Bu esa tibbiy xizmatning samaradorligi oshganini ko‘rsatadi.

Bu yil ilk bor davlat tibbiyot muassasalarida robot texnologiyalari amaliyotga joriy etildi.

Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy markazi va Milliy tibbiyot markazida robotlardan diagnostika, davolash, jarrohlik amaliyotlarida samarali foydalanilmoqda.  

Sohani raqamlashtirish jarayoni jadal tus olmoqda. Hozirda sun’iy intellekt asosida bajarilayotgan tekshiruv va muolaja turlari 43 taga yetdi.

Joriy yilda faoliyat boshlagan Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya tibbiyot markazi ham ilg‘or raqamli texnologiyalarga asoslangan. Bu markazda nevrologik kasalliklar diagnostikasi va reabilitatsiya jarayonlarida sun’iy intellekt yordamidagi tizimlar qo‘llanilmoqda.

Kelgusida quyidagi yo‘nalishlarda SI'dan yana kengroq foydalanish rejalashtirilgan:

— MRT, KT va rentgen tasvirlarini avtomatik tahlil etishni yanada takomillashtirish;

— Virtual simulyatsiya orqali jarrohlik amaliyotlarini tayyorgarlik jarayonida qo‘llash;

— Gibrid jarrohlik amaliyotlari ko‘lamini kengaytirish.

Tibbiyot sohasida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning joriy etilishi — bu faqat texnik yangilik emas, balki sog‘liqni saqlash tizimini samarali, shaffof va insonparvar qilishga xizmat qiladigan strategik yo‘nalish. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tibbiyot sohasi innovatsiyalarga asoslangan yangi modelga aylanib bormoqda.

Dildora DO‘SMATOVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellekt tibbiyotni yangi bosqichga olib chiqmoqda