Eronda harbiy sportchilar o‘rtasida o‘tayotgan “1st Weighlifting challange” xalqaro turnirining ilk kunida mamlakatimiz og‘ir atletikachilari 8 ta medalga ega chiqdi.

Iste’dodli yosh polvonimiz Asilbek -60 kg. vazn toifasida shohsupaning uchunchi pog‘onasidan joy oldi. Asilbek siltab ko‘tarishda 131, 137 hamda 142 kg. og‘irlikdagi toshni muvaffaqiyatli ko‘tardi hamda ikkikurash yakuniga ko‘ra, 248 kg. og‘irlikni zabt etib, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, -71 va -79 kg vazn toifalarida bahs olib borgan terma jamoamiz a’zolari Husinboy Matrasulov hamda Abdulaziz Alimjonov muvaffaqiyatga erishdi.

Husinboy Matrasulov dast ko‘tarish mashqida 150 kg. natija bilan oltin, siltab ko‘tarishda esa 172 kg. natija bilan kumush medal sohibi bo‘ldi. Ikki kurashdagi 322 kilogramm ko‘rsatkich kumush medalni taqdim etdi.

Abdulaziz Alimjonov ham o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi. U dast ko‘tarishda 150 kg. bilan bronza, siltab ko‘tarishda esa 192 kg. natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ikki kurash yakunida qayd etilgan 342 kg. natija esa unga yana bir kumush medalni taqdim etdi.

Xalqaro turnir musobaqalari 6 noyabrga qadar davom etmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletikachilarimiz Eron turnirida muvaffaqiyatli qatnashmoqda