Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Strategiyalash nazariyasi va amaliyoti” VIII Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining “Markaziy Osiyo strateglar universitariumi” sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Osiyo mintaqasida strategik fikrlash maktablarini rivojlantirish, iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyatni oshirishning zamonaviy uslublarini muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Navoiy kon-metallurgiya kombinati Bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov, Moskva davlat universitetining professori, akademik Vladimir Kvint hamda bir qator xorijiy olimlar ishtirok etdi.  

Sessiya doirasida “Sanoat strategiyalash amaliyoti”, “Ilmiy-texnik salohiyatni strategik rivojlantirish” hamda “Strategiyalashda birinchi qadamlar” kabi seksiyalarda O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlardan olimlar, tadqiqotchilar hamda yosh mutaxassislar o‘z ilmiy ishlari bilan qatnashdi.  

Hozirda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda Moskva davlat universiteti Iqtisodiyot maktabi o‘rtasida samarali ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur hamkorlik doirasida professor, akademik Vladimir Kvint ilmiy rahbarligida Navoiy shahrida “Mintaqaviy va korporativ strategiyalar” kafedrasi tashkil etilgan. Ushbu kafedra qisqa muddat ichida strategik fikrlash va rejalashtirish sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan markazga aylandi.

Bugungi kunda kafedra olimlari xalqaro miqyosda tan olingan strategiya nazariyasi bo‘yicha ilmiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilib, ularni o‘quv jarayoniga keng joriy etmoqda. Bu tashabbus nafaqat milliy ta’lim tizimida yangi strategik tafakkurni shakllantirishga, balki zamonaviy boshqaruv va iqtisodiy fikrlash madaniyatini rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shmoqda.

[gallery-26028]

– Bugungi xalqaro konferensiya juda ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda, – deydi “Mintaqaviy va korporativ strategiyalar” kafedrasi dotsenti Shahnoza Yodgorova. – Ushbu konferensiya kelajakda kadrlar salohiyatini oshirish, strategiya haqida nazariy va amaliy tushunchalar berish maqsadida o‘tkazilmoqda. O‘ylaymanki kelajakda O‘zbekistonimiz uchun yetuk kadrlarning ahamiyati katta bo‘ladi. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Moskva davlat universiteti bilan hamkorlik qilmoqda. Strategiyaning o‘zi bugun yangi fan bo‘lib kirib kelmoqda.  

Tadbir yakunida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, strategik fikrlash madaniyatini shakllantirish hamda istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar ilgari surildi hamda hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GsWkhkVV8CA" title="Strategiyalash nazariyasi va amaliyoti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat, video), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Strategiyalash nazariyasi va amaliyoti (+video)