O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Nodira Rashidova Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashrifi chog‘ida dastlab Taxiatosh tumanida bo‘ldi.

O‘rganishlar Taxiatosh tuman hokimi va xalq deputatlari tuman Kengashi a’zolari bilan uchrashuvdan boshlandi. Unda olib borilgan ishlar bilan birgalikda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so‘z bordi.

Shundan keyin deputat tuman tibbiyot birlashmasida bo‘ldi. Bu yerda tug‘ruq bo‘limi faoliyati bilan tanishib, ayollar va bolalar uchun yaratilgan qulayliklar, so‘nggi va zamonaviy tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganlik holatini o‘rgandi. Aholi salomatligini saqlash borasida olib borilayotgan ishlar natijasi  bilan tanishdi.

Tashrif doirasida “Naymanko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini, ijtimoiy soha ob’ektlarini yaqindan o‘rgandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish, aholini ish bilan band qilish, to‘y-hasham masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida aholini qiynab kelayotgan  masalalarga yechim topish va ularni bartaraf etish, yanada bandligini ta’minlashga qaratilgan masalalar yuzasidan suhbatlashib, mahalla raisi bilan ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek tuman qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirish, yangi urug‘ navlarini yaratish orqali qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirishning ustuvor vazifalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi.

Nodira Rashidova bundan keyin Taxtako‘pir tumanidagi “Taxtako‘pir” shaharcha, Kegeyli tumanidagi “Juzimbog‘” ovul fuqarolar yig‘inlari mahalla yettiligi bilan uchrashdi. Ular tomonidan aholi bilan olib borilayotgan ishlarni yaqindan o‘rgandi. Shu jumladan,  “Juzimbog‘” ovul fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan kelib tushgan ichimlik suvi masalasiga yechim topish bo‘yicha qilinishi zarur ishlar belgilab olindi.

Tashrif davomida deputat Nukus shahridagi “Qos-ko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Shodigul Tursinmuradova xonadonida bo‘lib, o‘z-o‘zini band qilish, mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berdi.

Shuningdek, N. Rashidova Xo‘jayli tumanida o‘tkazilgan “Yashil makon” aksiyasida ham ishtirok etdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi