Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zolari BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (YUNFPA) Toshkentdagi vakolatxonasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Tadbirda YUNFPA tomonidan tayyorlangan “Texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq gender zo‘ravonlik sohasidagi qonunchilikning sharhi” nomli tahliliy hujjat muhokama qilindi.

Mazkur hujjat raqamli muhitda ayollar va qizlarning xavfsizligini ta’minlash, onlayn zo‘ravonlik holatlariga qarshi samarali huquqiy choralar ko‘rish hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan.

Uchrashuvda mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarni har qanday zo‘ravonlik, jumladan, raqamli tazyiq va tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qonunchilik islohotlari, yangiliklar va amaliy tashabbuslar atroflicha muhokama etildi.

Ushbu hujjatni tayyorlashda texnologiyalar vositasida amalga oshiriladigan genderga asoslangan zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro amaliyot va xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan bo‘lib, u kelgusida milliy qonunchilikni takomillashtirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ishtirokchilar tomonidan ta’kidlandi.

Senatorlar, tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirok etgan tadbir yakunida qo‘shma taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli muhitda ayollar va qizlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha huquqiy choralar ko‘riladi