Sirdaryo tumanida elektr qarmoq yordamida noqonuniy baliq ovlagan fuqarolar yana qo‘lga tushdi. Ular 7 turdagi jami 38 dona baliqni qonunga xilof ravishda ovlagani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Davlat ekologik nazorati inspeksiyasi xabar berdi.

Reyd tadbiri Ekologiya vazirligi inspektorlari, Sirdaryo suv havzasi nazorati bo‘limi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmasi hamda Toshkent viloyati Chinoz tumani IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida huquqbuzarlar “UAZ-2106” rusumli avtomashinada ovlangan baliqlarni “Sho‘razak” zovuridan olib chiqib ketishga uringan paytda to‘xtatib qolindi. Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, 38 dona baliq, elektr qarmoq, akkumulyator, rezina qayiq, eshkaklar va setkali tutqich ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Avtomashina esa jarima maydoniga joylashtirildi.

Tekshiruv natijasida “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” hamda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlar talablari buzilgani ma’lum bo‘ldi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 521 million 180 ming so‘m deb baholangan. Holat bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, bu “Sho‘razak” zovuri hududida qayd etilgan ilk holat emas. Ilgari Guliston tumani “Baxmal” mahallasida istiqomat qiluvchi A.T. va M.D. ham shu joyda elektr qurolidan foydalanib, 37 dona baliqni noqonuniy ovlaganligi uchun qo‘lga olingan edi. Ular tomonidan tabiatga yetkazilgan zarar 352 million 672 ming so‘mni tashkil etgan.

Ekologlar ta’kidlashicha, elektr qurollari yordamida baliq ovlash suv tizimining tabiiy muhitini izdan chiqaradi, biologik xilma-xillikka va baliq zotlarining ko‘payishiga katta zarar yetkazadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Brakonerlar qo‘lga tushdi