Andijonda yoshlar ishtirokida “Men donorman” xayriya aksiyasi tashkil etildi. Tadbir doirasida 250 nafardan ortiq yoshlar ixtiyoriy ravishda qon topshirib, insonparvarlik va yaxshilik timsoliga aylandi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tashabbusi va qator hamkor tashkilotlar ko‘magida “Men donorman” aksiyasi o‘tkazildi. Unda faol talaba-yoshlar, yosh harbiy xizmatchilar, shuningdek, Andijon davlat pedagogika instituti koordinatorlari va faol talabalari ishtirok etdi.

Aksiyaning asosiy maqsadi jamiyatda insonparvarlik, saxovatpeshalik va hamjihatlik kabi fazilatlarni keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Chunki “Men donorman” bu shunchaki tibbiy tadbir emas, balki inson hayotini saqlab qolishga qaratilgan ezgu tashabbusdir.

Qon topshirgan yoshlar kimningdir sog‘ayib ketishiga, kimningdir umri uzayishiga sababchi bo‘lish baxtini his etdi. Tadbir davomida 250 nafardan ortiq ko‘ngilli yoshlar donor sifatida qon topshirdi. Topshirilgan qon namunasi og‘ir bemorlar, bolalar va keksalarga shifokorlar tomonidan ko‘mak sifatida foydalaniladi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, bunday tadbirlar nafaqat jamiyatdagi ezgulik muhitini mustahkamlaydi, balki sog‘lom turmush tarzini ham targ‘ib etadi.

[gallery-26053]

Qon topshirish inson salomatligi uchun foydali hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha, muntazam donorlik yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oladi, qon aylanishini yaxshilaydi va immun tizimini mustahkamlaydi.

Faxriddin Ubaydullayev,

Zuhriddin Umrzoqov (foto), UzA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Men donorman”