FOTOREPORTAJ

Andijon shahri jamoat transporti tizimini yanada yaxshilash, aholiga qulay va ekologik toza transport xizmati ko‘rsatish maqsadida Xitoyda ishlab chiqarilgan “SAMBELL” rusumidagi zamonaviy elektrobuslar olib kelinib, bosqichma-bosqich shahar yo‘nalishlariga joylashtirilmoqda.

Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov yangi qurilgan elektrobuslar parkida bo‘lib, uning infratuzilmasi va faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, elektrobuslar shahar ko‘chalarida belgilangan yo‘nalishlar bo‘ylab ilk harakatini boshladi.

[gallery-26044]

Mazkur transport vositalari “AND ECO TRANSPORT” MCHJ tomonidan Xitoyning nufuzli ishlab chiqaruvchi kompaniyasidan 100 dona xarid qilingan bo‘lib, bu mamlakatimizda ilk bor xususiy tadbirkor tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yirik ekologik transport loyihasi hisoblanadi.

Elektrobuslarning asosiy afzalligi — ularning ekologik tozaligi va iqtisodiy samaradorligidir. Mazkur zamonaviy transport vositalari atmosferaga zararli moddalar chiqarmaydi, yoqilg‘i sarfi talab etilmaydi hamda harakat paytida shovqin darajasi pastligi bilan ajralib turadi.

Yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan: zamonaviy konditsioner tizimi, keng va yorug‘ salon, xavfsiz harakatni ta’minlovchi elektron boshqaruv tizimlari hamda kuzatuv kameralari bilan jihozlangan.

Viloyatda yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu ekologik transport tizimi nafaqat shahar aholisi uchun qulaylik yaratadi, balki atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda zamonaviy elektrobuslar yo‘lga chiqdi