Ayni kunlarda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh Assambleyasining 43-sessiyasi ishtirokchilari ko‘hna va boqiy Buxoroga keldi.

Mehmonlar viloyat turizm boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida tantanali tarzda kutib olindi.

Delegatsiya tarkibida AQSH, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Filippin, Braziliya, Bruney, Irlandiya, Ruminiya, Qirg‘iziston, Chili, Gollandiya, Tunis, Kotdivar, Xitoy, Vetnam, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Meksika, Moldaviya, Kosta Rika, Marokash kabi 20 dan ortiq davlatlardan kelgan ishtirokchilar bor.

Shuningdek, YUNESKO sessiyasi ishtirokchilari – Bangladesh va Eron mamlakatlarining vazirlari hamda elchilari viloyatga tashrif buyurdi. Mehmonlar tegishli mas’ullar tomonidan samimiy kutib olindi.

Tashrif chog‘ida Buxoro davlat universitetida uchrashuv o‘tkazilib, ular yoshlarga o‘zlarining qimmatli maslahatlarini berishdi.

Shuningdek, mehmonlar Buxoroning tarixiy markazidagi Poyi Kalon ansambli, Labi Hovuz majmuasi, qadimiy savdo toqlari, Ismoil Somoniy maqbarasi, shuningdek, xalqaro biyennale o‘tayotgan ob’ektlar bo‘ylab sayohat qildi.

Mehmonlarning tashrifi davom etmoqda.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov, (surat), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh Assambleya ishtirokchilari ko‘hna Buxoroda