"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi qahramoni Turkiston jadidchilaridan biri, Germaniyada o‘qiganligi uchun “nemis shpioni”ni sifatida otib tashlangan o‘zbek qizi – Xayriniso Majidxonova haqida.

Xayriniso Majidxonova 1905 yil 25 dekabrda Toshkent shahrida oqsoqol Majidxon Jalilov xonadonida dunyoga kelgan. Bu ma’rifatparvar inson Markaziy Rossiyaning Moskva, Sankt -Peterburg kabi qator shaharlariga safar qilib, jadid g‘oyalari bilan tanishadi. U oila a’zolarining, qizlarining ham yevropacha ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmadi, aksincha yordam berdi.  

Xayriniso dastlab Miroboddagi yangi maktabda tahsil olib, rus va nemis tillarini o‘rganadi. Uning dunyoqarashi shakllanishida Turkiston jadid matbuotining, shuningdek, bu vaqtda birinchi o‘zbek xotin-qizlar bilim yurtida o‘qiyotgan opasi Oyposhshaxonning ham ta’siri katta bo‘ldi.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/2hT54B3X5ek" title="O`qigani uchun “otilgan” jadid ayoli - Xayriniso Majidxonova " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qigani uchun “otilgan” jadid ayoli - Xayriniso Majidxonova (+video)