Markaziy Osiyo — Turon, Turkistonning birligi har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda ushbu hudud ziyolilarining birdamligi alohida ahamiyatga ega.

Negaki, aynan ular o‘rtasidagi har tomonlama va izchil hamkorlik xalqlarimizning jipslashuvi uchun mustahkam ko‘prik vazifasini bajaradi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda Qozog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ch. Valixanov nomidagi Tarix va etnologiya instituti tomonidan tashkil etilgan O‘zbek va qozoq tarixchilarining birinchi ilmiy yig‘ini mintaqamiz ilm-fan hayotida muhim voqea sifatida baholanadi.

Yig‘ilganlarni Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo tadbirni ochib berdi va Turon tarixi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar ahamiyati, olingan ilmiy natijalarni xalqimizga yetkazishda olimlar oldida turgan mas’uliyat va burch haqida fikr bildirdi. Shuningdek, umumiy o‘tmishni tizimli tadqiq etish, ayniqsa, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni birlashtirish zarurligiga alohida urg‘u berdi.

Ch. Valixanov nomidagi Tarix va etnologiya instituti direktori, akademik Ziyabek Kabuldinov ham yig‘in ochilish marosimida so‘zga chiqib, ikki ilmiy muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma tadqiqotlar va ilmiy nashrlarni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, institutning 80 yillik faoliyati, uning Qozog‘iston tarixshunosligidagi o‘rni, ilmiy maktablari va xalqaro loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Ma’ruzalar boshlanishidan oldin Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Ch. Valixanov nomidagi Tarix va etnologiya instituti direktori, akademik Ziyabek Kabuldinovga “Faxriy professor” unvonini topshirdi.

Yig‘in doirasida bir qator ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov Turkiston Muxtoriyati va “Alash O‘rda”ning milliy davlatchilikni tiklash borasidagi sa’y-harakatlari haqida so‘z yuritdi. Institut bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Muhayyo Isoqova esa XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistondagi milliy ozodlik harakatlarining tarixiy mohiyatini yoritdi.

Ch. Valixanov nomidagi Tarix va etnologiya instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi, dotsent Ayjamal Qudaybergenova qozoq va o‘zbek xalqlarining umumiy tarixi hamda etnomadaniy rivojlanish jarayonlaridagi o‘xshashlik va chegaraviy aloqalar ahamiyati haqida ma’lumot berdi. Shu institutning tarixshunoslik, manbashunoslik va zamonaviy usullar bo‘limi boshlig‘i, tarix fanlari nomzodi, dotsent Aynagul Qayipbayeva esa arxiv hujjatlari asosida XX asrdagi inqiroz va urush yillarida O‘zbekistonga kelgan qarovsiz bolalar taqdiri haqida ma’ruza qildi.

Yig‘in yakunida qo‘shma ilmiy to‘plamlar chop etish, yosh tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va ilmiy yig‘inlarni muntazam o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Tadbir tarixchi olimlar va jamoatchilik orasida katta qiziqish uyg‘otdi. U o‘zbek va qozoq xalqlarining umumiy tarixini birgalikda o‘rganishda yangi bosqichni boshlab berdi hamda qardoshlikning ilmiy asoslarini yanada mustahkamladi.

N. Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek va qozoq tarixchilarining birinchi ilmiy yig‘ini