Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasining Yangi Namangan tumani bo‘limi ish yurituvidagi nomulkiy tusdagi hujjat ijrosi amalda tamomlandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan, da’vogar – Kadastr agentligi Namangan viloyat boshqarmasi foydasiga javobgar O. A. tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan 400 kvadrat metr maydondagi inshootni buzish belgilangan edi.

Sud qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli ijro varaqasi MIB Yangi Namangan tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan javobgarga belgilangan muddat ichida ixtiyoriy ravishda majburiyatni bajarish imkoniyati berilgan. Biroq belgilangan vaqt ichida javobgar sud qarorini bajarmagan.

Shundan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda majburiy ijro harakatlari boshlab yuborilgan. Yaqinda  amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida javobgar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshoot buzib tashlandi.

– Hozirgi kunda mazkur sud hujjati bo‘yicha ijro harakatlari to‘liq yakunlandi va hujjatning amaldagi ijrosi ta’minlandi, – deydi MIB Namangan viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi Sohibjon Rafiqov. – Binobarin, Byuro organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolar va tashkilotlar tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining so‘zsiz va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashni o‘zining ustuvor vazifasi, deb hisoblaydi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshoot buzdirildi