Farg‘ona davlat universiteti "QS Stars" xalqaro reyting tizimida umumiy 4 yulduzli “Rated for Excellence” (“A’lo darajadagi universitet”) bahosini qo‘lga kiritdi. Bu natija nafaqat universitet jamoasining fidokorona mehnatini, balki mamlakatimiz oliy ta’lim tizimining xalqaro maydonda nufuzi ortib borayotganini ham namoyon etdi.

"QS Stars" dunyodagi eng nufuzli reyting tizimlaridan biri bo‘lib, universitetlarni 50 dan ortiq mezonlar asosida baholaydi. Farg‘ona davlat universiteti ta’lim sifati, infratuzilma, boshqaruv va bitiruvchilarning bandligi yo‘nalishlarida eng yuqori – 5 yulduzli ko‘rsatkichga erishdi.

Ta’lim sifati bo‘yicha universitetdagi dasturlar xalqaro standartlarga moslashtirilgan bo‘lib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etilgan. Infratuzilma sohasida raqamli kutubxona, zamonaviy laboratoriyalar va sport majmualari ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlamoqda.

Boshqaruv tizimi ochiqlik va strategik rejalashtirishga asoslangan bo‘lib, samarali menejment universitetning barqaror rivojlanishini ta’minlamoqda. Bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi ham yuksak baholandi.

Reyting natijalariga ko‘ra, universitet ijtimoiy ta’sir, san’at va madaniyat hamda inklyuziv ta’lim yo‘nalishlarida 3 yulduzli ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu sohalarda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va chet ellik talabalar sonini oshirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Farg‘ona davlat universitetining ushbu yutug‘i jamoaning ilmiy izlanishlar, xalqaro hamkorlik va ta’lim sifati sohalaridagi izchil faoliyati samarasidir.

Universitet kelgusida ilmiy-tadqiqot ishlanmalarni kuchaytirish, innovatsion ta’lim usullarini joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali o‘z nufuzini yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.

FarDUning "QS Stars" reyting tizimida 4 yulduzli bahoga sazovor bo‘lishi butun O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun faxrlidir.

Nilufar Bozorova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FarDU yana bir xalqaro reytingda ijobiy baho oldi