Munosabat

Xalqimizga azaldan saxiylik va mehr-muruvvat kabi tuyg‘ular hamroh. Shu sababli ham muhtojlarga yordam berish, homiylik va xayriya deganda mamlakatimizning har fuqarosi bunga jim qarab turmaydi. 

Ammo so‘nggi yillarda kimlardir uchun “saxovat niqobi” pul topish manbaiga aylanib qoldi. Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali “Ehson hadyalar” kanallarni ochish orqali bir necha million so‘m miqdoridagi homiylik mablag‘larini o‘zlashtirib yuborish, “Telegram” messenjeriga boshqa birovning voyaga yetmagan farzandining kasal holatdagi suratini joylab, fuqarolarning pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirish kabi holatlar kundalik hayotimizdagi oddiy xabarlarga aylanib ulgurdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida homiylik va xayriya sohasida joriy etilayotgan yangi o‘zgarishlar saxovat niqobidagi qing‘irlikni bartaraf etish, yordamlarning maqsadli va manzilli bo‘lishini ta’minlash, aholiga ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatishda muhim qadam bo‘ldi.

O‘zbekistonda “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgarishlar va “Homiylik to‘g‘risida”gi qonunga taklif qilingan tuzatishlar mazkur masaladagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. 

Unga ko‘ra, homiylik (homiylik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik maqsadlarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga mol-mulkni, shu jumladan, pul mablag‘larini qaytarmaslik sharti bilan yoki imtiyozli shartlarda berishda, ular uchun ishlar bajarishda, ularga xizmatlar ko‘rsatish va ularni boshqacha shaklda qo‘llab-quvvatlashda ifodalanadigan ixtiyoriy beg‘araz yordami (faoliyati) hisoblanishi belgilangan.

Qonun doirasida homiylik va xayriya sohasidagi quyidagi muhim jihatlarni kuzatishimiz mumkin.

Avvalo xayriya mablag‘larini to‘plashning qat’iy qoidalari belgilandi. Endi xayriya mablag‘larini to‘plash uchun maxsus ruxsatnomalar va qat’iy nazorat tizimi joriy etildi. Bu firibgarlarning “muhtojlar nomidan” pul yig‘ishiga chek qo‘yadi.

Homiylik xayriyalarini yig‘ish muayyan homiylik oluvchilarning manfaatlarini ko‘zlab, oldindan e’lon qilingan muddat davomida amalga oshiriladi.

Homiylik xayriyalari homiylik tashkilotlari, homiylikni amalga oshiruvchi yoki homiylik oluvchi yuridik shaxslar tomonidan o‘z bank hisobvaraqlariga pul mablag‘larini o‘tkazish orqali, naqd pul yoki mol-mulk shaklida yig‘ilishi mumkin.

Jismoniy shaxs homiylik xayriyalarini faqat o‘zi yoki yaqin qarindoshlari (ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukasi va opa-singillari, eri (xotini), farzandi, shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari, bobosi, buvisi, nevaralari, shuningdek erning (xotinning) ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari) uchun o‘z bank hisobvaraqlariga yoki shaxsiy bank kartasiga pul o‘tkazish orqali, naqd pul yoki mol-mulk shaklida yig‘ishga haqli hisoblanadi.

Ko‘ngillilar, ijtimoiy tarmoqlar orqali jamiyatda faol bo‘lganlar (blogerlar va taniqli shaxslar) o‘ziga begona bo‘lgan homiylik oluvchilarga faqat e’lon berish orqali homiylik xayriyalarini yig‘ishga ko‘maklashadi.

Ikkinchidan, qonun bilan xorijiy mablag‘lar nazorati kuchaytirilmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy mablag‘larni olishda kengaytirilgan hisobot taqdim etishi kerak. Bu pul yuvish va noqonuniy faoliyatning oldini olishga yordam beradi.

Xususan, homiylik tashkilotlari va homiylikni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar yig‘ilgan homiylik xayriyalari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotni homiylik xayriyalari yig‘ish jarayoni tugagach bir kun ichida ommaviy axborot vositalarida yoki o‘z rasmiy veb-saytida yoxud ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qiladi.

Shuningdek, шаффофлик va hisobdorlik ta’minlanib, yangi tartib orqali ma’muriy to‘siqlar kamayishiga erishiladi. 

Xususan, xayriya fondlari va tashkilotlarning moliyaviy faoliyati ochiq-oydin bo‘lishi talab qilinadi. Mablag‘lar qayoqqa sarflanayotgani aholiga aniq ko‘rsatiladi.

Haqiqiy xayriya tashkilotlari uchun ro‘yxatdan o‘tish va faoliyat yuritish jarayoni soddalashtirildi. Bu ularning samarali ishlashiga imkon beradi.

Bu o‘zgarishlar nafaqat firibgarlikning oldini oladi, balki haqiqiy xayriya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, davlat tomonidan NNTlarga moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi yaxshilandi, bu esa muhtojlarga yordam berishni yanada samarali qiladi.

O‘z navbatida qonunchilik bilan xayriya qutilarini o‘rnatish va ulardan foydalanish tartibga solinmoqda.

Endilikda homiylik xayriyalarini yig‘ish uchun xayriya qutilaridan faqat homiylik tashkilotlari, homiylikni amalga oshiruvchi va homiylik oluvchi yuridik shaxslar foydalanadi.

Xayriya qutisi shaffof bo‘lishi va uni ochish joyi homiylik tashkilotining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan hamda muhr bilan muhrlangan qog‘ozli plomba yoki raqamlangan plomba bilan plombalangan bo‘lishi majburiyat sifatida kiritilib, bu faoliyat shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yuqoridagi islohotlar natijasida kiritilayotgan me’yorlar jamiyatda katta o‘zgarishlarga olib keladi. Islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad esa firibgarlarning “saxovat niqobi”ni yechish orqali haqiqiy muhtojlarga yordam yetib borishi ta’minlanadi. Aholining xayriya faoliyatiga bo‘lgan ishonchi tiklanadi. Odamlar endi bergan yordamlari rostdan ham muhtojlarga yetib borayotganiga ishonch hosil qiladi.

Mazkur sohada shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan mexanizmlar natijasida fuqarolar mahalladagi davlat xizmatlari markazlari orqali xayriya tashkilotlariga murojaat qilib, ularning faoliyatini tekshirishi mumkin bo‘ladi. Yana bir muhim jihat – mahallalarning rolining oshishi. Yangi qonun mahallalarga ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal qilishda ko‘proq vakolat beradi. Bu esa muhtojlarni aniqlash va ularga yordam berishni yanada samarali qiladi.

To‘g‘ri, qonunchilikdagi mazkur yangiliklardan aholining barcha qatlami to‘liq xabardor emasligi, olib borilayotgan islohotlarga qaramay ayrim “shaxslar” yoki “guruhlar” o‘z faoliyati tarmoqlar orqali davom ettirayotgani muammolarni to‘liq bartaraf etishda qiyinchiliklar uyg‘otishi mumkin.

Shu sababli, bu muammoni hal qilish uchun targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, axborot vositalari orqali aholini xabardor qilishga ko‘proq urg‘u qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O‘zbekistondagi yangi qonunlar va “Homiylik to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan tuzatishlar jamiyatdagi “saxovat niqobi”ni yechib, haqiqiy muhtojlarga yordam berish yo‘lida mustahkam poydevor yaratadi. Firibgarlikning qurboni bo‘lganlarning misollari bu o‘zgarishlarning o‘z vaqtida amalga oshirilganini ko‘rsatadi. Endi har bir so‘m, har bir ezgu niyat o‘z manziliga yetib boradi.

Muhammadali UBAYDULLAEV,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saxovat niqobidagi qing‘irlikka o‘rin qolmaydi…