Bugun dunyoda har bir sohada raqamli yechimlar va sun’iy intellekt texnologiyalariga ehtiyoj ortib bormoqda.

Ko‘plab davlatlar bu yo‘nalishda o‘z tajribasini namoyish etish, bir-biridan o‘rganish va zamonaviy boshqaruv usullarini qo‘llashga intilmoqda.

Shu maqsadda Koreya Respublikasining Seul shahrida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning Global forumi doirasida “Sun’iy intellektga asoslangan boshqaruv: Koreyaning eng yaxshi amaliyotlari” mavzusida xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Unda O‘zbekistonning sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya sohasidagi ilg‘or tajribasi ham taqdim etildi.

Forum BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP), Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi hamda Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda 12 ta davlatdan 40 dan ziyod mutaxassislar qatnashib, davlat boshqaruvida sun’iy intellektdan foydalanish, raqamli hukumatni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, ishtirokchilar Koreyaning yetakchi texnologiya kompaniyalariga tashrif buyurib, ularning eng so‘nggi ishlanmalari — generativ AI, ma’lumotlar xavfsizligi va davlat xizmatlariga mo‘ljallangan raqamli yechimlar bilan tanishdilar.

O‘zbekistonning mazkur forumda ishtiroki mamlakatimizda raqamli islohotlar izchil davom etayotganidan va sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalar xalqaro hamjamiyat e’tiborida ekanidan dalolat beradi.

Nigora Rahmonova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreyadagi forumda O‘zbekiston tajribasi taqdim etildi