“Toshkent metropoliteni” DUK ma’lumotiga ko‘ra, 1 noyabrdan poytaxtdagi yer usti halqa metro liniyasi to‘liq ishga tushirildi. Endi barcha bekatlar orqali poyezdlar muntazam qatnay boshladi.

Yo‘nalishda 7 daqiqalik interval bilan 12 ta poyezd harakatlanmoqda.

Avvalroq yer usti halqa metro liniyasini ishga tushirish 18 oktyabrga rejalashtirilgan edi, ammo qo‘shimcha texnik sinovlar sababli kechiktirildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 8 iyunidan “Turon” bekati oralig‘ida profilaktika ishlari sababli poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi. Keyinchalik 28 iyundan “Tyexnopark” va “Qipchoq” bekatlari oralig‘idagi yo‘lda, shuningdek, 2 avgustdan “Texnopark – Yangiobod” uchastkasidagi oltita stansiyada ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Bekatlar yopilgan vaqtda yo‘lovchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi tashkil etilgan edi.

Endi poytaxt aholisi va mehmonlari yer usti metro xizmatidan yana to‘liq foydalanishi mumkin.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda yer usti metrosi faoliyati to‘liq tiklandi