Bugun, 1 noyabr kuni Iordaniyaning Amman shahrida U-16 qizlar voleybol jamoalari o‘rtasidagi II Osiyo chempionatining ilk tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Chempionatda 14 ta jamoa 4 ta guruhga bo‘lingan holda musobaqalarda ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Iordaniya va Hong Kong jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun o‘tkaziladigan dastlabki bosqich o‘yinida voleybolchi qizlarimiz Hong Kong jamoasi vakillari bilan ro‘baro‘ keladi.
Qit’a chempionatlari 8 noyabrga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yili ushbu yosh toifasida tashkil etilgan qit’a chempionatida Yaponiya jamoasi g‘oliblikka erishgan.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA