Bugungi kunda O‘zbekiston va Serbiya munosabatlari yangi mazmun kasb etmoqda. Prezidentimiz taklifiga binoan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning mamlakatimizga rasmiy tashrifi davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. O‘zaro munosabatlar O‘zbekiston tashqi siyosatining muvozanatli va pragmatik yo‘nalishini yana bir bor namoyon etadi.

Ushbu tashrifning ahamiyati va mazmuni haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jumanazar Otajonov o‘z munosabatini bildirdi:

— O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1995 yilda o‘rnatilgan. Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi va ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish, agrosanoat majmui, turizm hamda ko‘plab boshqa muhim tarmoqlarda keng ko‘lamli kooperatsiya dasturini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Markaziy Osiyo – Bolqon” yo‘nalishida yangi transport yo‘laklarini, jumladan, Transkaspiy koridori doirasida rivojlantirish, hamkorlikning iqtisodiy kun tartibini ilgari surish maqsadida kelgusi yilda Toshkent shahrida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish, tartibli mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik boshqa dolzarb masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

Muzokaralar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat rahbari huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatlarimiz o‘rtasidagi oliy darajadagi muloqot nafaqat ikki tomonlama hamkorlik, balki keng mintaqaviy aloqalar borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy manfaatlar bilan bir qatorda, mintaqalar o‘rtasidagi siyosiy barqarorlik va diplomatik tenglikka xizmat qiladi.

Muhtarama Komilova yozib oldi. O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston — Serbiya munosabatlari mintaqaviy aloqalar ravnaqida muhim o‘rin tutadi