Senat yalpi majlisida “Dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Ushbu masala yuzasidan ma’ruza qilgan Senat qo‘mitasi raisi Anvar To‘ychiyev qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sohaning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini qayd etdi. 

Biroq, dala chetlariga ekin ekmaslik va yil davomida mahsulot yetishtirmaslik holatlari uchraydi. Bu aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga hamda bozorlarda mahsulotlarning tannarxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bu esa, o‘z navbatida, sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan yerlardan oqilona va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofida qonunchilikka muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarda va muddatlarda maqbul ekin ekilmagani uchun ma’muriy jarima qo‘llash nazarda tutilmoqda.

Soliq kodeksida dala chetlaridagi bunday maydonlarda maqbul ekin ekilmagan taqdirda, mazkur yer uchastkasining ekin ekilmagan qismi uchun yer solig‘i stavkasini uch baravar miqdorda hisoblash belgilanmoqda.

Senatorlar ma’qullagan qonun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda mahsulot yetishtirilishini samarali tashkil qilishga, sug‘oriladigan yerlardan unumli va to‘laqonli foydalanishga asos yaratadi. 

N.Abduraimova,

A.Mamadaminov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dala chetlariga maqbul ekin ekilmagan taqdirda, yer uchastkasiga uch baravar miqdorda soliq hisoblanadi