Barchamizga ma’lum, mamlakatimizda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga qarshi moratoriy e’lon qilingan.

Ammo bu moratoriy talablariga hamma, har doim ham amal qilmayotgan holatlar muntazam uchrab turibdi. Afsuski, atmosfera havosining ifloslanib, turli allergik kasalliklar ortib borayotganiga qaramay, tabiatga va u orqali salomatligimizga zarar yetkazish harakatlari davom etmoqda. 

Yaqinda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida daraxtlarning noqonuniy kesilishi holati jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari tomonidan ekofaollarni jalb qilgan holda o‘rganish ishlari olib borildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l chetidagi 174 tup daraxt va butalar kesib tashlangan. Daraxtlarning aksariyati sog‘lom bo‘lgan. Ammo ular hech bir asossiz, tuman yoki shahar Ekologiya bo‘limlarining tegishli ruxsatisiz kesib tashlangan. Ushbu daraxtlar Yakkasaroy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi vakillari tomonidan kesilgan. Daraxtlar kesilgan hududda ularning o‘rniga 83 tup piramidasimon gujum (eliks) va 62 mingdan ortiq manzarali buta ko‘chatlari keltirib ekilishi bildirilgan.

Shahar hokimligi mazkur holat yuzasidan “mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, ularning katta qismi kasallikka chalinib, asta-sekin qurib borayotgan edi”, mazmunida rasmiy munosabat bildirdi.

Ekofaollar esa bu fikr haqiqatdan yiroq ekanini ta’kidlashmoqda. Chunki daraxtlar kesilgan hudud Toshkent shahrining asosiy katta ko‘chalaridan biri bo‘lgani bois, u joydagi har bir daraxtga nisbatan alohida parvarish ishlari olib boriladi. Shuningdek, agar mazkur daraxtlar o‘rniga boshqa ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan bo‘lsa, ularni agrotexnik talablarga rioya qilgan holda ko‘chirib o‘tkazish ishlari amalga oshirilmadi, degan haqli savollar yuzaga kelmoqda.

Ta’kidlash joiz, bu kabi noqonuniy harakatlar mamlakatimizda Prezident farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga qarshi o‘rnatilgan moratoriy vaqtida amalga oshirilishi tegishli mutasaddilarning qonunchilikni mensimasligini, ekologik muammolarga befarqligini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasining xabar berishicha, yashillar partiyasi mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligiga so‘rov yuborgan.

Yurtimizda yashillik darajasini kengaytirishga qaratilgan davlat siyosati izchil davom etayotgan bir paytda bu kabi holatlarni bartaraf etish, mavjud dov-daraxtlarni, yashillikni asrab-avaylashimiz lozim. Bu ham bugunimiz, ham kelajagimiz oldidagi mas’uliyatdir.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobur ko‘chasidagi sog‘lom daraxtlar nega kesib tashlandi?