Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi boshlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va butun o‘zbek xalqini tabrikladi.

Japarov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozgan tabrigida mazkur tarixiy voqea Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, YUNESKO sessiyasining Parijdan tashqarida ilk bor 40 yildan so‘ng o‘tkazilishi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganidan, shuningdek, butun Markaziy Osiyo mintaqasi madaniy, ma’naviy va gumanitar hamkorlik markazi sifatida tobora katta e’tirofga sazovor bo‘layotganidan dalolat beradi.

– Samarqand shahri ilm, ma’rifat va ma’naviyat beshigi sifatida konferensiyaga alohida ramziy ahamiyat bag‘ishlaydi. Bu O‘zbekistonning sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ko‘prik, tinchlik va hamjihatlik g‘oyalarining markazi sifatidagi rolini yana bir bor namoyon etadi, – deyiladi tabrikda.

Sadir Japarov shuningdek, konferensiya doirasida ilgari suriladigan qaror va tashabbuslar ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishiga, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga va butun mintaqaning ravnaq topishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Qirg‘iziston rahbari o‘zbek xalqiga forumni muvaffaqiyatli o‘tkazish, samarali muhokamalar, ilg‘or qarorlar va ilhomlantiruvchi natijalar tiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sadir Japarov: “YUNESKO sessiyasining Samarqandda o‘tkazilishi – O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzining yana bir yuksak e’tirofidir”