O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Oliy martabali mehmon 31 oktyabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.


Mamlakatimiz o‘tmishi va kelajakka ishonch timsoli bo‘lgan hamda ulug‘ ajdodlarimizning yorqin siymosini jahonga namoyish etuvchi mazkur monument hamisha yurtimiz ahli va xorijlik mehmonlar ehtiromida.


Ushbu majmua o‘z mavqeiga ko‘ra Mustaqillik ramziga aylangan.
Unda ona Vatan, tinchliksevar va mehnatkash xalq umidlari aks etadi.

Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Mustaqillik monumentini sharaflab, ehtirom ko‘rsatdi.

Yig‘ilganlar bunyod etilgan buyuk obida oldida ramziy bosh egdi.

Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev hamda boshqa rasmiylar ishtirok etdi.
<iframe width="482" height="857" src="https://www.youtube.com/embed/7i8aphbLhok" title="Finlyandiya Prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo`ydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
Rustam NAZARMATOV (surat), O‘zA