Muallif ma’lum asarni yaratar ekan, uning yaratilishida eng qadrli ne’mat bo‘lgan umrini, shuningdek, kuch-g‘ayrati, aql-idrokini sarflaydi.

Yillab izlanishlar va qattiq mehnat ortidan ma’naviy boylik bo‘la oladigan asarlar dunyoga keladi. Ana shunday asarlar butun jamiyatga foyda keltiradi. Tabiiyki, muallif o‘zi yaratgan asaridan yetarli darajada ma’naviy va moddiy manfaatdor bo‘lishi kerak. 

Mualliflik huquqi fuqarolik huquqining bir qismidir. Ular fan, adabiyot va san’at asarlari yaratuvchilarning huquqlarini tartibga soladi va himoya qiladi. Mualliflik huquqi fuqarolik huquqi instituti sifatida ko‘rib chiqiladi. Hozirda mualliflik huquqi ko‘plab xalqaro konvensiyalar bilan himoya qilinadi. 

Bugungi tahliliy dasturimizda so‘nggi vaqtda ijodkorlar o‘rtasidagi mualliflik huquqlari buzilish holatlari, sud jarayonlari, jarimalar miqdori va ijodkorlarning o‘zaro kelishuvlariga nimalar xalaqit berayotgani haqida suhbatlashamiz.

So‘nggi mualliflik huquqlari buzilgan sud jarayonlarini kuzatgan holda, balki jarima miqdori kamligi “buzg‘unchi” mualliflarni unchalik ham tashvishga solmas, degan xulosaga ham keldik. Ma’lumot sifatida xorijiy davlatlarda mualliflik huquqlarni buzganlik uchun tovon miqdorlari bilan tanishib chiqdik. AQSH da “Mualliflik qonuni”ga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik uchun 750 AQSH dollaridan 30.000 AQSH dollarigacha jarima, agar zarar yetkazish davom etsa 150.000 AQSH dollari miqdoridagi jarima belgilangan. Kanadada esa ushbu miqdor 500 dan 20.000 gacha Kanada dollarini tashkil etadi. Shuningdek, Singapurda ushbu jarima miqdori birmuncha baland bo‘lib, 10.000 AQSH dollaridan 200.000 AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda ekan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki qahramonlarimiz tomonidan berilgan taklif, ya’ni xonandalar tomonidan qo‘shiqlar televideniye, radio, internet orqali ommalashtirishda she’r muallifining ism-sharifi ham ko‘rsatilishi har tomonlama manfaatli va qonunchilikka rioya qilingan holatda taqdim etilgan ijod namunasi deyish mumkin. Zero, o‘zgalar ijodiga bo‘lgan hurmat avvalo, o‘zimizga hurmat belgisini ifodalaydi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fCxcVzTJlJE" title="Mualliflik huquqlari &quot;himoyasiz&quot; emas!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva,

Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mualliflik huquqlari "himoyasiz" emas! (+video)