Internet zamonida, axborot oqimi shiddat bilan kechayotgan davrda odamlar qisqa va shov-shuvli xabarlarni tanlab o‘qishga o‘rgandi. Insonni o‘ylantiradigan, qalbga ozuqa bo‘ladigan gazeta yoki jurnal chiqarish muhim jarayonga aylanib qoldi.

Ana shularni teran anglagan “Samarqandim” jurnali ijodkorlari ham mas’uliyat bilan ijod qilmoqda. Bu ikkinchi nashr bo‘lishiga qaramay, jurnal sahifalarida jamoaning katta mehnati va mehri yaqqol ko‘rinib turibdi.

Mazkur jurnal yurtimiz tarixi, ma’naviyati va bugungi taraqqiyotini xalq tilida, oddiy va ta’sirli uslubda yoritib borayotgani bilan ham o‘quvchilarni o‘ziga jalb qiladi. Unda chop etilgan har bir maqolada Samarqandga bo‘lgan muhabbat, milliy g‘urur va ezgulik ruhi seziladi.

Jurnalning yangi sonidagi “Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining birinchi rahbari kim bo‘lgan?”, “Samarqandga murid, Buxoroga pir bo‘lgan Yamanning “naqshu nigora” haqida”, “Qo‘shrabot qalbi, qadri qismati” kabi maqolalar orqali o‘quvchilar ko‘plab yangiliklardan xabardor bo‘lishlari mumkin.

“Samarqandim” – bu faqat jurnal emas, balki bir avlodning xotirasi, bir shaharning iftixori. U orqali biz Samarqandning kecha, buguni va ertasini  ko‘ramiz. Shu bois bu nashr har safar o‘quvchiga yangi ilhom, yangi faxr tuyg‘usini beradi.

Nigora Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Samarqandim” – tarix va zamonaviy ruhni birlashtirgan jurnal