Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi o‘n ikkinchi (onlayn) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston adliya vazirlari, Qirg‘iziston adliya vaziri o‘rinbosari hamda SHHT bosh kotibi ishtirok etdi.

Yig‘ilishda a’zo davlatlar adliya vazirliklari faoliyatidagi islohotlar hamda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 

O‘zbekiston adliya vaziri A.Toshqulov mamlakatimizda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar huquqiy axborotni tarqatish, “aqlli tartibga solish” tizimi, raqamli adliya, sun’iy intellekt asosidagi “LexAI” chat-bot, sud-ekspertiza sohasidagi yangiliklar, shuningdek, SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik istiqbollari borasida nutq so‘zladi.

Xususan, notariat xizmatlari raqamlashtirilgani,  «Notarius» axborot tizimi orqali hujjatlarni elektron shaklda yuritish va notarial jarayonlarni soddalashtirish mexanizmi, davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam nafaqat jinoiy ishlarda, balki ma’muriy huquqbuzarliklar va fuqarolik ishlarida ham ko‘rsatilayotgani alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida SHHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi yig‘ilishini tashkillashtiruvchi davlat Tojikiston Respublikasi etib belgilandi.

Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tomonlarning umumiy kelishuvlarini aks ettiruvchi qo‘shma bayonot imzolandi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHT adliya vazirlari qo‘shma bayonot imzoladi