O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Oliy martabali mehmon rafiqasi bilan 29 oktyabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Tashrif asnosida Serbiya Prezidentining Islom me’morchiligining haqiqiy durdonasi va O‘zbekistonning Uchinchi uyg‘onish davri timsoli sanalgan majmuadan olgan taassurotlariga qiziqdik.

– Islom sivilizatsiyasi markazida bugun kuzatuvchi va o‘rganuvchi mehmonlar ko‘p bo‘ldi, u yerdagi noyob yodgorliklarning ochiq namoyish etilayotgani uchun men Prezidentingizga minnatdorlik bildiraman, – deya fikrini bildiradi Prezident Aleksandr Vuchich. – Bu nafaqat xorijlik mehmonlar uchun, balki yurtingiz yoshlari uchun ham juda katta ahamiyatga ega majmua. Chunki ular markazda mamlakatingiz tarixi bilan birga, Islom tarixini ham chuqur o‘rganishadi. Bu yerda men bugun juda ko‘p narsani o‘rgandim va, albatta, yana qaytaman. Bu joyning yaratilishi, tashkil etilishi va odamlarga qanday taqdim etilayotganiga guvohman. Darhaqiqat, barchasi nihoyatda zamonaviy va ajoyib usulda amalga oshirilgan, men bunga o‘xshashini ilgari ko‘rmaganman.

– Aleksandr Vuchich Janobi oliylari, Siz tashrifingiz doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdingiz. Mazkur uchrashuv chog‘ida qanday tashabbuslarni ilgari surdingiz? Natijalardan qoniqdingizmi?

– Hozirgacha erishgan natijalarimizdan juda mamnunman. Kecha  kelgusidagi hamkorligimiz bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya, shuningdek, bir necha hujjatlar imzolandi. Umid qilamanki, O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan hukumatlararo komissiyadan so‘ng imkon qadar tezroq Prezident Shavkat Mirziyoyevni Belgradda mehmon qilishga muyassar bo‘lamiz. Bu bizning turli sohalardagi hamkorligimizni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

– Siz ilgari jurnalist sifatida ham ishlagansiz, bu qisqa davr bo‘lgan, biz bunga katta hurmat bilan qaraymiz. Siz bilan suhbatlashish – biz uchun sharaf, hamkasbimiz ham sanalasiz. Agar O‘zbekistonga jurnalist sifatida tashrif buyurganingizda, o‘z reportajingizni nimadan boshlagan bo‘lardingiz?

– Men barcha vatandoshlarimga shunday derdim: “Azizlarim, men juda katta xato qilganman, chunki bu mamlakatga ilgari hech qachon kelmaganman. Iltimos, imkon qadar tezroq O‘zbekistonni ko‘rish uchun kelinglar”.

– Samimiy suhbat uchun tashakkur! 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aleksandr Vuchich: Imkon qadar tezroq O‘zbekistonni ko‘rish uchun kelinglar!