Sharh

Shu yil 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatimiz rivoji istiqbollarini baholash tizimini yaratish uchun zarur ma’lumotlar bazalarini shakllantirish maqsadida 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralga qadar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Xo‘sh, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishdan asosiy maqsad nima, uning qanday ahamiyati bor? Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni qanday?

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘z Yusupov O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi:

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda demografik va iqtisodiy jarayonlarni to‘liq tahlil qilish, barqaror rivojlanish strategiyasini belgilash yo‘lida muhim ahamiyatga ega hujjat hisoblanadi.

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning bosh maqsadi — mamlakatdagi aholi soni, uning jinsiy va yosh tarkibi, ijtimoiy holati, bandlik darajasi, ta’lim va turmush darajasi haqida to‘liq va aniq ma’lumot yig‘ishdan iborat. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligidagi yer maydonlari, hayvon zoti, dehqon va fermer xo‘jaliklari soni, mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha haqqoniy statistik ma’lumotlar yaratiladi.

Shunga ko‘ra, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun 38 million aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari to‘g‘risida Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020 yildagi tavsiyalari asosida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish ko‘zda tutilmoqda.  

26 million gektar qishloq xo‘jaligi yerlarining foydalanish holatini o‘rganish, chorva mollari va parrandalar sonini aniqlash orqali qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilayotgan yillik 25,6 trillion so‘m, jumladan, 2,2 trillion so‘m byudjet mablag‘lari samarali sarflanishini, sohadagi xizmatlar hajmini aniqlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur ma’lumotlar to‘plamini yaratish maqsad qilingan.

Aytish kerakki, ro‘yxatga olish tadbirlari orqali davlat iqtisodiy siyosatni ilmiy asosda belgilaydi. Masalan, aholining o‘sish sur’ati va joylashuviga qarab yangi uy-joylar, maktablar, shifoxonalar qurish rejalari shakllantiriladi. Qishloq xo‘jaligida esa yer resurslaridan oqilona foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ro‘yxatga olish ishlari xalqaro standartlar asosida, zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi. Elektron planshetlar, geoaxborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari orqali ma’lumot yig‘ishning aniqligi va tezkorligi ta’minlanadi.

Ro‘yxatga olish jarayonida har bir fuqaroning faol ishtiroki juda muhim. Bu nafaqat davlat uchun, balki har bir oila, har bir fuqaro uchun ham manfaatlidir. Chunki to‘plangan ma’lumotlar orqali kelgusida aholining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari aniqlanadi va zarur islohotlar amalga oshiriladi.

Xulosa qilib aytganda,  Prezident farmoni bilan amalga oshiriladigan ushbu tadbir O‘zbekistonda ilmiy asoslangan davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, aholi farovonligini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash sari qo‘yilgan muhim qadamdir. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — mamlakatning kelajak rivojlanish dasturlarini belgilashda ishonchli ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Muhtarama Komilova yozib oldi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning qanday ahamiyati bor?