Bugun, 29 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida para o‘q otish bo‘yicha jahon kubogi bahslari boshlandi.
Dunyoning 39 ta mamlakatidan 210 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etayotgan jahon kubogi bahslarida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 6 nafar a’zosi sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.

Olimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari, jahonning eng mergan sportchilari qatnashayotgan bahslarda vatanimiz sharafini terma jamoamiz a’zolari Muhammadrahim Tuganbekov, Shahnoza Mamajonova, Mahmudaxon Sobirova, Hayotxon Ahmedova, Yoqutjon Polvonova va Malika Kenjayeva himoya qiladi.
Jahon kubogi musobaqalari 4 noyabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA