Shu kunlarda Shvetsiyada boshlangan yirik xalqaro “Senior Fair” turizm ko‘rgazmasida mamlakatimiz hunarmandlari va turizm vakillari ham ishtirok etmoqda.
Mus’ullarning qayd etishicha, uch kun davom etadigan mazkur ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirlar mamlakatimizning turizm salohiyatini namoyish etish, yangi sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston brendini xalqaro maydonda targ‘ib etishda muhim o‘rin tutadi.

Shuningdek, tadbir doirasida Shvetsiyadagi O‘zbekiston elchixonasi taklifiga binoan Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov Stokgolm shahar hokimligining qurilish va loyihalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Kamilla Edvonson bilan uchrashdi.
Unda yangi ekoturizm ko‘chalaridagi amalga oshirilayotgan zamonaviy qurilish-montaj va loyihalashtirish ishlari bilan tanishildi. Farg‘ona viloyatidagi qurilish va arxitektura mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalasida kelishib olindi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA