Litva hukumati Belarus bilan chegaradagi o‘tish joylarini butunlay yopish rejasini tayyorlamoqda. Bu qaror mamlakat poytaxti Vilnyus hududida uch kun ketma-ket uchuvchi “sigaret tashuvchi sharlar” tufayli parvozlar to‘xtatilganidan so‘ng qabul qilindi.

O‘tgan hafta oxirida o‘lka havo harakati xavfsizligi xizmatlari samolyotlar ustidan uchayotgan noma’lum sharlarni aniqlagan. Shundan so‘ng, Vilnyus aeroporti uch marta vaqtincha yopildi, parvozlar bekor qilindi va yo‘lovchilar boshqa shaharlar orqali manziliga yo‘naltirildi

Sharlar Belarusdan noqonuniy sigaretlarni tashish uchun ishlatilayotgani gumon qilinmoqda. Litvaning Medininkay va Shalchininkay chegara o‘tish punktlari shu paytgacha kunduzi bir necha soatga, kechasi esa 24 soatlik to‘liq yopilish rejimini e’lon qildi.

– Biz xavfsizlikni ta’minlash uchun Belarus bilan chegarani noma’lum muddatga yopish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlab qo‘ydik, -dedi o‘lka bosh vaziri Inga Ruginiyene o‘z bayonotida.

Uning aytishicha, faqat diplomatlar, diplomatik pochta va Yevropa Ittifoqi fuqarolari uchun kirish istisno tariqasida ruxsat etiladi. Yakshanba kuni tunda mamlakat milliy xavfsizlik komissiyasi yig‘ilish o‘tkazib, uchuvchi sharlar masalasini “gibrid tahdid” sifatida baholadi.

Ma’lumot o‘rnida: Litva — NATO va Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lib, u RF eksklavi Kaliningrad hamda Moskva ittifoqchisi Belarus bilan chegaradosh.

Ekspertlar fikricha, Belarusdan kelayotgan “sigaretli sharlar” nafaqat kontrabanda vositasi, balki Yevropaning xavfsizlik tizimini sinovdan o‘tkazuvchi siyosiy ishora ham bo‘lishi mumkin.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sharlar” mojarosi: Litva Belarus bilan chegarani yopmoqda