Joriy yilning 31 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining so‘lim Boysun tumanida “Lazzatli Surxon” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.

Qadimiy va hamisha navqiron vohaning boy gastronomik turizm salohiyatini keng namoyon etib, milliy pazandachilik an’analarini targ‘ib qilish va viloyatga sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan festival doirasida “Boysun bahori” turizm majmuasida Termiz shahri va tumanlar pavilonlarida milliy taomlar namoyishi, hunarmandchilik mahsulotlari va suvenirlar ko‘rgazmasi, “Uzum sayli”, “Olma sayli”, “Anor sayli” kabi an’anaviy bayram tadbirlari tashkil etiladi. Qiziqarli milliy etnik o‘yinlar va musobaqalar, ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun maxsus infotur uyushtiriladi. 

Mazali taomlar, milliy an’analar, kuy-qo‘shiq va quvonchu shodlikni uyg‘unlashtiradigan festivalda eng mohir oshpazlar ta’mi og‘izda eriydigan taomlar tayyorlab, ishtirokchilarni xushnud etadi. Tadbirda “Eng yaxshi milliy taom”, “Eng yaxshi oshpaz”, “Eng faol hudud” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Ayni paytda tashkilotchilar festivalni yuksak saviyada o‘tkazishga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boysunda “Lazzatli Surxon” xalqaro festivali o‘tkaziladi