Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatining to‘rtinchi kungi musobaqalari sarhisobiga ko‘ra, terma jamoamiz a’zosi Svetlana Osipova kumush medalni qo‘lga kiritdi.
179 mamlakatning 991 nafar taekvondochisi qatnashayotgan chempionatda S.Osipova +73 kilogramm vaznda saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Chempionatning finalida Turkiya terma jamoasi a’zosi Nafiya Kus Aydin bilan to‘qnash keldi. Shiddatli ruhda kechgan musobaqada Osipova kumush medalga egalik qildi.
Ushbu muvaffaqiyat orqali Svetlana o‘z faoliyatida uchinchi marotaba jahon chempionati sovrindoriga aylandi.
Jahon chempionatining beshinchi kungi bellashuvlari ostonasida O‘zbekiston terma jamoasining medallari soni 2 taga yetdi. 1 ta kumush va 1 ta bronza.
Eslatib o‘tamiz, yilning eng nufuzli taekvondo chempionati musobaqalari 30 oktyabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA