O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish tizimini zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha yangi bosqich boshlandi.

Joriy yil 13 oktyabrda qabul qilingan “Suv sohasini raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish va barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni sohada islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.

Farmonning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda suv resurslari hisobi va boshqaruvini to‘liq raqamlashtirishdan iborat. Bu orqali suvdan foydalanish hisob-kitoblarida shaffoflikni ta’minlash hamda ma’lumotlarni aniq tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.

Hujjatga ko‘ra, respublikada foydalanilayotgan suv resurslari hisobining to‘liq yuritilishini yo‘lga qo‘yish, 400 dan ortiq ma’lumot turini raqamlashtirish, 600 mingdan ziyod suv iste’molchilari va 4,3 million gektar sug‘oriladigan yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron shaklda shakllantirish rejalashtirilgan. Bu jarayon nafaqat suv taqsimotini aniqlash, balki suv tejamkor texnologiyalarni samarali joriy etishga ham xizmat qiladi.

–So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik va suv tanqisligi bilan bog‘liq muammolar tobora kuchayib bormoqda, – deydi  Suv xo‘jaligi vazirligi Raqamlashtirish markazi direktori Shuhrat Haydarov. – Bu sharoitda raqamli texnologiyalarni joriy etish — suv resurslarini boshqarishda samaradorlikni oshirishning yagona yo‘li hisoblanadi. Raqamlashtirish orqali suv tejamkor usullardan foydalanish, suv isrofini kamaytirish, irrigatsiya tizimlaridagi yo‘qotishlarni aniqlash hamda suv taqsimotida shaffoflikni ta’minlash mumkin bo‘ladi.  

Farmonga muvofiq, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi tashkil etiladi. Ushbu markaz Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati negizida faoliyat yuritadi. Yangi tuzilma suv resurslaridanfoydalanish bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, suv oqimlari, irrigatsiya tizimlari va suv taqsimoti haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimidamonitoring qiladi. Bu esa suv xo‘jaligi sohasidagi boshqaruv qarorlarini tezkor va ilmiy asosda qabul qilish imkonini yaratadi. 

– O‘zbekistonda bir yilda o‘rtacha 51–53 milliard metr kub suvdan foydalaniladi. Shuning 90 foizi qishloq xo‘jaligida asosan sug‘orish ishlari, ya’ni paxta, g‘alla, sabzavot va bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirish uchun sarflanadi, – deydi  Suv xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Abdurashid Qulmatov. – Raqamlashtirish orqali suv tejamkor usullardan foydalanish, suv isrofini kamaytirish, irrigatsiya tizimlaridagi yo‘qotishlarni aniqlash hamda suv taqsimotida adolat va aniqlikni ta’minlash imkoni yaratiladi. Shu bilan birga, suv xo‘jaligidagi raqamli ma’lumotlar bazasi qishloq xo‘jaligi, energetika va ekologiya sohalari bilan integratsiyalashtirilishi rejalashtirilgan. Bu esa davlat organlari va tadbirkorlar uchun qaror qabul qilish jarayonini yengillashtiradi. 

Farmonga muvofiq, suv hisobini yuritish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Yangi yondashuv asosida suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. “Suv hisobi” axborot platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblanib, iste’molchilarga elektron ravishda ma’lum qilinadi. Mamlakatimizda 50 ming kilometrlik sug‘orish tarmoqlari, 1,6 ming nasos stansiyasi va 10 mingdan ziyod suv ob’ektlari faoliyat yuritmoqda. 

Yangi yondashuv asosida suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. “Suv hisobi” axborot platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblanib, iste’molchilarga elektron ravishda ma’lum qilinadi. Bu hisob-kitoblarda inson omilini kamaytiradi, qog‘ozbozlikni bartaraf etadi va resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ma’lumotlarning aniqligini ta’minlash uchun tizim “Raqamli qishloq xo‘jaligi” platformasi bilan integratsiya qilinadi. Shu orqali sug‘oriladigan yerlar, ekin turlari va suv limitlari haqidagi ma’lumotlar avtomatik yangilanib boriladi. Suv xo‘jaligi vazirligi qoshida “Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi” hamda “Davlat suv kadastri” axborot tizimi yaratiladi. Ular suv resurslariga oid ma’lumotlarni yagona bazada jamlaydi. 

Shuningdek, suv solig‘idan tushgan mablag‘larning 40 foizi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish imkoni beriladi. 2026 yilda Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi nasos stansiyalarning yarmi, 2027 yilda esa Namangandagi barchasi xususiy sheriklikka o‘tkaziladi. Bu yo‘nalishda “Bir nasos – bir tizim” tamoyili asosida “Chortoq tajribasi” amalga oshiriladi. Hususiy sherik suv limiti doirasida suv yetkazadi, suv solig‘ining 40 foizi unga to‘lab beriladi. Bu mablag‘lar esa nasos stansiyalarini modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi. 

Yangi markaz suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratadi, suv oqimlari, irrigatsiya tizimlari va suv taqsimoti haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida monitoring qiladi. Bu esa suv xo‘jaligi sohasidagi qarorlarni tezkor va ilmiy asosda qabul qilish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, suv xo‘jaligidagi raqamli ma’lumotlar bazasi qishloq xo‘jaligi, energetika va ekologiya sohalari bilan integratsiyalashtiriladi. Bu esa davlat organlari va tadbirkorlar uchun qaror qabul qilish jarayonini yengillashtiradi. 

Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimizning mazkur farmoni suv xo‘jaligini raqamlashtirishda yangi bosqichni boshlab berdi. Bu nafaqat texnik yoki tashkiliy islohot, balki mamlakatning suv resurslarini barqaror boshqarishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasining muhim qismi hisoblanadi. Yangi tizim ishga tushgach, O‘zbekistonda suv hisobining aniqligi oshadi, ma’lumotlar bazasi avtomatlashtiriladi va sohadagi samaradorlik keskin ortadi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YdaJKVATaZQ" title="Suv xo‘jaligini raqamlashtirishda yangi bosqich" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv xo‘jaligini raqamlashtirishda yangi bosqich (+video)