Munosabat

Joriy yilning 23-24 oktyabr kunlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Bryussel shahrida Yevropa kengashi raisi Antonio Kosta hamda Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen hamda Belgiya Qiroli Filipp bilan amaliy muzokaralar olib bordi.

Davlatimiz rahbari tashrif doirasida Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazdi hamda Bryusseldagi Yevropa kengashi bosh qarorgohida O‘zbekiston – Yevropa sammitida qatnashdi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida”gi tarixiy bitim imzolandi. 

Bu uchrashuvlar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yangi bosqichga olib chiqadigan tarixiy voqeadir. Yangi bitim O‘zbekistonga Avstriyadan tortib Shvetsiyagacha bo‘lgan 27 davlat bozorlariga keng yo‘l ochadi, tadbirkorlar uchun bojxona jarayonlarini yengillashtiradi, texnik to‘siqlarni kamaytiradi, yurtimizga Yevropa investitsiyalarining kirib kelishini erkinlashtiradi. Shu bilan birga, talabalar va mutaxassislar uchun viza talablarini soddalashtirish, yoshlarga Yevropada ta’lim olish, ilmiy tadqiqotlar va startaplar sohasida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi, sun’iy intellekt, raqamli xavfsizlik va fan sohalarida hamkorlik eshigini ochadi.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlari 1996 yil 1 iyuldan amal qilayotgan “Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim”ga asoslanib rivojlanib kelgan bo‘lsa, yangi “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim” uning mantiqiy davomidir. Ilgarigi bitim 102 moddadan iborat bo‘lib, umumiy tamoyillarni belgilab bergan, ammo, aniq yo‘nalishlar va amaliyot mexanizmlarini o‘z ichiga olmagan edi. 2021 yilda Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga ko‘p yillik indikativ moliyaviy yordam dasturini qabul qildi. Unda 2021–2024 yillar uchun yaxshi boshqaruv, raqamli transformatsiya, inklyuziv va yashil iqtisodiyot sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun 76 million yevro ajratish nazarda tutilgan. 

2021 yilning aprelida O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining “GSP+” imtiyozlar tizimiga qo‘shildi. Shu orqali mamlakatimiz mahsulotlarining 6 ming 200 turi Yevropa bozoriga bojsiz kirish imkoniga ega bo‘ldi. Natijada, ikki tomonlama savdo aylanmasi 2,4 barobar ortib, 6,4 milliard dollarga yetdi. 

Yangi kengaytirilgan bitim esa savdo va iqtisodiy munosabatlarni yanada erkinlashtiradi, sanoat mahsulotlari eksporti uchun yangi yo‘nalishlar yaratadi, milliy mahsulotlarimizning Yevropa bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi. Shu bilan birga, u kapital va innovatsiyalarning erkin harakatlanishini ta’minlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni himoya qilish va huquqiy kafolatlarni mustahkamlashni nazarda tutadi. Bu esa O‘zbekistonda shaffof va barqaror huquqiy muhit yaratish, yevropalik investorlar uchun yanada jozibador shart-sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Eng muhim jihatlardan biri shundaki, mazkur kelishuv faqat iqtisodiy hamkorlik bilan cheklanmaydi. U tashqi siyosat, xavfsizlik, inson huquqlari, chegara nazorati, noqonuniy migratsiya, korrupsiya va terrorizmga qarshi kurash kabi sohalarda ham yangicha hamkorlik mexanizmlarini joriy etadi. Shu jihatdan, u Yevropaning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchini ifoda etadi. Agar mamlakatimizda inson huquqlari, qonun ustuvorligi va inson qadri tamoyillari ta’minlanmaganida, Yevropa Ittifoqi bunday darajadagi bitimni imzolamas edi. Demak, bu hujjat Prezidentimizning ochiq va islohotchi siyosatining amaliy samarasidir.

Solijon Mo‘minov,

xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi, deputat. 

O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar