Vazirlar Mahkamasining joriy yil 24 oktyabrdagi 670-son qarori bilan “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar, ularning tuzilmasiga kiruvchi va o‘zaro bog‘liq korxonalar guruhi tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilishni nazorat va monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Yirik qarzdorlar moliyaviy holatiga qarab 3 toifa - “Past xatarli”, “O‘rta xatarli”, “Yuqori xatarli” toifaga ajratiladi.
Agar yirik qarzdorning moliyaviy holati yomonlashsa, Komissiya tomonidan uni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Shuningdek, yirik qarzdorlar agar Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning moliyaviy qarzni rad etish haqidagi qarori bilan rozi bo‘lmasa, sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA