2025-2026 yillar kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hududiy suv ta’minoti aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan reja asosida 3 317 kilometr ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari (101 foiz), shuningdek, 1 639 ta nasos uskunasi (103 foiz) joriy va mukammal ta’mirlandi.

– Bugungi kunga qadar jami 695 ta eski turdagi nasos uskunasi zamonaviy energotejamkor nasos uskunalariga almashtirildi, – deydi “O‘zsuvta’minot”AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov. – Shu bilan birga, ochiq suv tozalash inshootlarining 46 ta tindirgich va yirik rezervuari, suv taqsimlash inshootlarining 1 601 ta rezervuari hamda 6 026 ta suv minorasida quyqadan tozalash va zararsizlantirish ishlari bajarildi.

Respublika bo‘ylab 16 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylarning tashqi ichimlik suvi va oqova suv tizimlari ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur hollarda profilaktik ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, hududlardagi 169 ta maxsus texnika vositasi ta’mirlanib, qayta ishga tushirildi.

Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida hududlarda jami 232 ta ekskavator, 46 ta avtokran, 3 ta kanalizatsiya tozalash texnikasi, 318 ta avariya tiklash mashinasi, 31 ta gidrodinamik mashina, 46 ta samosval, 200 ta suv tashish texnikasi, 24 ta SAG va 14 ta kompressor shay holatga keltirildi.

Shuningdek, tuman va shaharlardagi dispetcherlik xizmatlari hamda 446 ta avariya tiklash brigadalarining faoliyati kuchaytirilgan rejimga o‘tkazildi. Ushbu brigadalarda 2 148 nafar tarmoq ustasi va chilangar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, turli diametrdagi (50–600 mm) 41,6 kilometr suv quvurlari, 922 ta suv quvuri yopqichi, 112 ta yong‘in gidranti, 3,6 kilometr izolyatsiya (himoya) materiali hamda 451 dona temir qopqoqdan iborat zarur ehtiyot qismlar zaxirasi yaratildi.

“O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar aholiga uzluksiz va sifatli ichimlik suvi yetkazib berish hamda mavsumni betalafot o‘tkazishga xizmat qiladi.

Nilufar Bozorova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mavsumni betalafot o‘tkazish – asosiy vazifa