Ichki ishlar xodimlari kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida ichki ishlar tizimida xizmat qilib, o‘z vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimlar xotirasiga bag‘ishlangan voleybol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqadan oldin bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqanlar xizmat vazifasi vaqtida vafot etgan ichki ishlar xodimlarining xotirasi abadiy qolishi, mard va jasur o‘g‘lonlarni tarbiyalab voyaga yetkazgani uchun ularning ota-onalariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Xotira bahslari g‘oyatda shiddatli kechdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli birinchi o‘rinni Beruniy tumani Ichki ishlar bo‘limi, ikkinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ikkinchi mintaqaviy hududining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi, uchinchi o‘rinni esa Amudaryo tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari egallashdi.

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA