Birlashgan Qirollik harbiy xizmatchilari ikki hukumat o‘rtasida bu masala bo‘yicha muzokaralar hali boshlanmaganiga qaramay, Germaniya bilan birgalikda yadroviy quroldan foydalanishni qo‘llab-quvvatlamoqda, deb yozdi “Telegraph” gazetasi.
– Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining yuqori lavozimli amaldorlari so‘zlariga ko‘ra, mamlakat GFR bilan birgalikda yadroviy quroldan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqishi kerak, - deyiladi xabarda.
Nashr qayd etganidek, ushbu harakat boshqalar qatori NATOning sobiq bosh kotibi Jorj Robertson tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va bunday kelishuv “ancha oldin tuzilishi kerak edi” deb ta’kidlagan.
Xabarga ko‘ra, Germaniya allaqachon Fransiya bilan shu masalada “strategik muzokaralar” olib bormoqda.
S.Rahimov, O‘zA