Termiz shahridagi muhtasham san’at saroyida 25 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi U.Qosimov Prezidentimizning Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.  

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda inson qadri ulug‘lanib, jamiyatda xavfsiz muhitni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohada “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosiy dasturiy g‘oya sifatida qaror topib, xodimlar vazifasi jinoyat sodir etilgandan so‘ng kurashishga emas, balki uning oldini olish, barvaqt profilaktika choralarini ko‘rishga yo‘naltirildi. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli mamlakatimizda osuda, obod va farovon hayot ta’minlanmoqda. Jumladan, yilning o‘tgan davrida Surxondaryo viloyatidagi 723 ta mahallaning 74 foizi yoki 533 tasida birorta ham jinoyat sodir etilmagan. Oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni 54 foizga kamaygan. “Qizil” toifadagi mahallalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 80 foizga qisqargan.

Hududlarda xavfsizlikni ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanib, fuqarolar bilan yaqin muloqot o‘rnatilayotgani ham tinch, osuda hayotni ta’minlashda o‘z natijasini bermoqda. Shu maqsadda Surxondaryo tajribasi sifatida maktablarda o‘quvchilar davomati ustidan elektron nazorat o‘rnatish bo‘yicha “E-Davomat” platformasi, oilaviy (maishiy) tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ichki ishlar organlariga xabar berish imkonini beruvchi “Qo‘shni nazorati” tizimi joriy etildi. Shuningdek, aholining ayrim toifalariga zamonaviy psixologik yordam ko‘rsatish, profilaktika choralarini kuchaytirish maqsadida Termiz davlat universiteti bilan memorandum imzolanib, ijroga qaratildi.

Viloyat ichki ishlar organlarida yuz bergan bunday yangilanishlar sababli yilning o‘tgan davrida 499 ta giyohvandlik holati aniqlanib, jinoyatchilardan 1 tonnadan ortiq giyohvandlik moddasi musodara qilindi. 2  ming 72 ta jinoyat fosh etildi. 400 nafar qidiruvdagi shaxs qo‘lga olinib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Viloyatda osoyishta hayot va halovatli turmush posbonlarining xizmat vazifasini yanada samarali tashkil etishi, munosib yashashi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Xususan, joriy yilda 284 nafar xodimga 5 milliard 748 million so‘mdan ortiq bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilgan. 20 nafar xodimga transport vositasi xaridi uchun 2 milliard 372 million so‘m, ijarada yashayotgan xodimlarga 2 milliard 804 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.  

Xodimlarni uy-joy bilan ta’minlash uchun 2018-2025 yillarda 277 nafar xodimga imtiyozli uy-joy xarid qilish imkoniyati yaratilib, ularning 177 nafariga dastlabki to‘lov foizsiz, 100 nafar xodimga esa dastlabki badal sifatida 11 milliard 235 million so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berilgan.

Tantanali tadbirda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida barchaga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari viloyat hokimi va Ichki ishlar vazirining faxriy yorlig‘i, qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Uy-joy tuhfa qilindi. Navbatdagi unvonlar va viloyatdagi boshqa kuch tuzilmalari rahbarlarining esdalik sovg‘alari topshirildi. Mustaqillik yillari yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida xizmat burchini o‘tayotganida halok bo‘lgan marhum xodimlarning yaqinlariga minnatdorlik bildirilib, sovg‘alar ulashildi.  

[gallery-25934]

San’at saroyi hududida ichki ishlar organlarining zamonaviy texnikalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Marosimda elimiz suygan san’atkorlarning qiziqarli konsert dasturi namoyish etildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda tinch, to‘kin turmush posbonlari ulug‘landi