Tailand va Kamboja yetakchilari Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan ASEAN sammiti doirasida 2025 yil may oyida boshlangan mojaroni hal qilishga qaratilgan o‘zaro munosabatlar deklaratsiyasini imzoladi.

Marosimda Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim ham ishtirok etdi. U iyul oyida mazkur ziddiyat tomonlari qo‘shinlari chegarada o‘t ochishni to‘xtatishi bo‘yicha AQSH yetakchisi Donald Tramp bilan birga vositachilik qilgan.

Avvalroq sulh tuzish tadbiri Tailand Qirolichasining onasi Sirikit vafoti munosabati bilan ushbu mamlakat Bosh vaziri Anutin Chanvirakun iltimosiga ko‘ra, qoldirilgan edi.

Tailand va Kamboja o‘rtasidagi chegara mojarosi 24-29 iyul kunlari og‘ir qurollar, artilleriya va samolyotlardan foydalanilgan shiddatli to‘qnashuv ko‘rinishida kuzatilib, 40 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgandi.

G.Sattorova, UzA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tailand va Kamboja tinchlik shartnomasini imzoladi