G‘azo sektorida sog‘liqni saqlash tizimini tiklash xarajati kamida 7 milliard dollarni tashkil etadi, deb yozgan TASS.

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.

Ilgari JSST 41 bemor, 145 hamroh shaxs bir necha mamlakatga ko‘chirilishiga yordam bergan. Afsuski, ayni payt sektordan tashqaridagi davolanishga muhtoj 15 000 bemordan 4 000 nafari bola, deya ta’kidlagan tuzilma rahbari. Shuningdek, u 700 dan ziyod odam evakuatsiyagacha vafot etganini aytdi.

BMT, Yevropa Ittifoqi va Jahon banki hisobotiga ko‘ra, G‘azoni to‘liq tiklash uchun 70 milliard dollar zarur. Binobarin, bu mablag‘ sektorda barcha sohalarni tiklash uchun yetarli emas.

Eslatib o‘tamiz, Isroil va HAMAS halok bo‘lgan mahbuslar jasadini almashishda davom etyapti. Anklavda sulh amalga oshirilishi o‘zaro ayblov va diplomatiya sa’y-harakati bilan birga kechyapti.

Chorshanba kuni Dayr Al-Baloda jasadi avvalroq Xon Yunisdagi Nosir kasalxonasidan olib chiqalgan 54 falastinlik ommaviy ravishda dafn etildi. "AlJazeera" manbalarida keltirilishicha, ba’zi tanalarda qiynoq alomati borligi xalqaro tergov o‘tkazilishini taqozo qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: G‘azo sog‘liqni saqlash tizimini tiklash uchun 7 milliard dollar kerak