Termizda voleybol bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun o‘tkazilgan sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda bellashuvning tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan maktablar jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.  

Musobaqa yosh avlod o‘rtasida sportni yanada ommalashtirib, ularning jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol kamol topishiga ko‘maklashishga yo‘naltirilgani bilan e’tiborga sazovor bo‘ldi.

Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan bellashuv yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida faxrli birinchi o‘rinni Sho‘rchi tumani, ikkinchi o‘rinni Uzun va uchinchi o‘rinni Jarqo‘rg‘on tumani maktab o‘quvchilari qo‘lga kiritdi. Qiz bolalar o‘rtasidagi musobaqada birinchi o‘rin Sherobod, ikkinchi o‘rin Jarqo‘rg‘on va uchinchi o‘rin Sho‘rchi tumani o‘quvchilariga nasib etdi.

G‘oliblar viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining diplom, medal, esdalik sovg‘alari va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat IIB boshlig‘i kubogi sovrindorlari aniqlandi