Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida sudyalar hamjamiyati vakillari o‘rtasida “Adolat sari” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.

Ming nafarga yaqin ishtirokchini o‘zida jamlagan bu musobaqada Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati sudlari sudyalari, xodimlari, ularning oila a’zolari hamda Sudyalar assotsiatsiyasi va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zolari o‘zaro bellashdi.  

ProRun tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu sport tadbiri davlatimiz rahbarining jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlarni belgilab bergan 2025 yil 19 iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.  

Sport bilan muntazam shug‘ullanish, jismoniy mashqlar bajarish, harakatli turmush tarzini olib borish – bularning barchasi ish unumdorligini oshirishga, kasallanishlar sonini kamaytirishga va umuman, hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.  

Yugurish marafonining ochilish marosimida ta’kidlanganidek, bugungi kunda sudya va sud xodimlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish hamda dam olishlari va sog‘lig‘ini tiklashlari uchun barcha imkoniyatlar safarbar qilinmoqda. Jamoalar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sport turlariga qiziqishni kuchaytirish bo‘yicha ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Aynan shunday amaliy choralarning uzviy davomi bo‘lgan bugungi sport bayrami ishtirokchilari 1 va 3 kilometrlik masofalarga yugurish bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Karnay-surnaychilar va barabanchilar marafonchilarni ko‘tarinki kayfiyatda olqishlab, qo‘llab-quvvatladi. Taniqli xonandalarning maroqli kuy va qo‘shiqlari musobaqaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.  

Chinakam bellashuvga aylangan yugurish bahslarida tantanali marra chizig‘ini zabt etgan, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga medal va sovg‘alar topshirildi.  

Marafon tom ma’noda sudyalar hamjamiyati, sud xodimlarining sport va adolat qadriyatlari atrofidagi birdamligi va hamjihatligi ramziga aylandi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston”da “Adolat sari” marafoni o‘tkazildi